AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Sobiq ittifoq bilan tuzilgan Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni yöq qiliş kelişuvidan çiqişini ma'lum qildi.
Trampning aytişiça, AQŞ kelişuvga töliq amal qilmoqda, biroq Rossiya uning şartlarini bajarmayapti. AQŞ prezidenti undan avvalgi prezident Barak Obama “AQŞni bu kelişuvdan nima uçun avvalroq olib çiqmagani”dan taajjub bildirgan.
“Biz kelişuv buzilişiga yöl qöymaymiz. Rossiya kelişuvga amal qilmayapti, şu sababli afsuski, biz uni bekor qilişga majburmiz”, deb aytgan Tramp Fox News telekanali efirida.
Tramp kelişuvda körsatilgan qurolni rivojlantiriş zarurligini qöşimça qilgan.
Avvalroq OAV Oq uy yaqin haftalarda Moskvani kelişuvdan çiqişi haqida xabardor qilişini ma'lum qilgan. Vaşingtonning fikriça, Rossiya taqiqlangan qanotli raketalarni işlab çiqariş va joylaştirişni davom ettirmoqda.
Oxirgi vaqt Rossiya va AQŞ bir-birini kelişuvni buzişda ayblab kelgan. AQŞ kongressida Rossiyaga qarşi ayblovlarni mustahkamlovçi hujjat işlab çiqiş taklif qilingan. Bu Vaşingtonga raketalar hujumiga qarşi mudofaa kelişuvidan çiqqandek uşbu kelişuvdan çiqiş imkonini berişi aytilgan.
Moskva öz navbatida kelişuvning barça şartlariga amal qilib kelayotganini köplab marta ta'kidlab ötgan va AQŞga kelişuvning ba'zi bandlari bajarilişi böyiça jiddiy savollarga egaligini aytgan.
Kelişuv 1987 yilda Mixail Gorbaçev va Ronald Reygan tomonidan imzolangan. Hujjat uçiş uzoqligi 500 kmdan 1000 kmgaça va 1000 kmdan 5500 kmgaçani taşkil qiluvçi raketa qurollarining butun bir sinfini qisqartirişni közda tutgan.
1991 yilda kelişuv töliq bajarilgan. Sobiq ittifoq kelişuv doirasida 1752 ta, AQŞ esa 859 ta ballistik raketani yöq qilgan.
Hujjatning amal qiliş muddati çeklanmagan. Biroq tomonlardan har biri kelişuvni bekor qiliş zarurligiga işonçli dalillarni keltirgan holda undan çiqiş huquqiga ega.

















