Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yandeks” asoschisi kompaniyadagi ulushini sotmoqchimasligini ma'lum qildi
“Yandeks” asoschisi Arkadiy Voloj kompaniyaga rahbarlik qilishni davom ettirmoqchi va undagi ulushini sotmoqchi emas. Ta'kidlanishicha, kompaniya Volojning ulushini sotib olish bo‘yicha muntazam takliflar olmoqda.
The Bell nashri bir manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilganidek, Sberbank “Yandeks” aksiyalarining yirik paketi – 30 foizgachasini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Biroq keyinroq Rossiyaning eng yirik banki matbuot xizmatida bank “Yandeks”ning aksiyalarini sotib olish bo‘yicha taklif olmagani va kompaniyaga bunday taklif bilan chiqmagani ma'lum qilingan.
“Biz “Yandeks”ga 21 yil avval asos solganimizda, u dunyo darajasidagi texnologik kompaniyaga aylanishini tasavvur ham qilmaganmiz. Men kompaniyaga rahbarlik qilishni davom ettirmoqchiman va kompaniyadagi ulushimni sotmoqchi emasman”, deb aytgan Voloj.
“Matbuotda “Yandeks”ning aksiyadorlik kapitalida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqidagi takliflar paydo bo‘ldi. Shu sababli “Yandeks” jamoasi shuni ta'kidlaydiki, uchinchi tomonlardan muntazam ravishda turli takliflar oladi, biroq kompaniya siyosatiga muvofiq turli mish-mishlarga izoh bermaydi. Kompaniya direktorlar kengashi va tegishli qo‘mitalar kompaniya kapitali strukturasiga tegishli masalalarni ishchi tartibda muntazam ko‘rib chiqadilar”, deb qo‘shimcha qilingan kompaniyada.
Mavzuga oid
15:26 / 06.02.2025
AQSh Sberbankni MH17 ishi bo‘yicha sudga tortishga ruxsat berdi
18:53 / 05.02.2024
"Yandeks" qayta shakllantirilgandan keyin xususiy kompaniya sifatida qoladi
10:44 / 29.12.2023
Latviyada «Yandeks» bilan bog‘liq saytlarga kirish bloklandi
15:12 / 27.12.2023