Toshkentda fuqaroni 700 000 000 so‘mga «uxlatgan» shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
2018 yilning 20 oktabr kuni IIB TBga tushgan murojaatga ko‘ra, shu yilning avgust oyida M.Ulug‘bek tumanida yashovchi X.A. Boshliq dahasida yashovchi X.I.ga “Janubiy” vokzal atrofidan yer maydonini olib berishini va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan undan 700.000.000 so‘m pulini olgan hamda bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida X.A. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024