Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya migrantlar bo‘yicha pensiya kelishuvini tayyorlamoqda
Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov
Rossiya va O‘zbekiston istiqbolda pensiya kelishuvini imzolashi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» bilan suhbatda RF mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Maksim Topilin aytib o‘tdi. U Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida ushbu davlat delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan.
Rossiya Mehnat vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z hududida Rossiyada ishlash uchun patent va ruxsatnoma beradigan maxsus markazni yaratishni ham taklif qilmoqda.
Davlat tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin va O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qutbiyev ijtimoiy mehnat sohasida hamkorlik to‘g‘risida idoralararo memorandumni imzoladilar. Mehnat vazirligi rahbari Maksim Topilinning «Izvestiya»ga aytishicha, istiqbolda davlatlar pensiya kelishuvini imzolashlari mumkin. Vazirning aytishicha, gap qonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasida ishlagan va tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan O‘zbekiston fuqarolariga muayyan pullar to‘lanishi haqida ketmoqda.
O‘zbekiston tomonining yana bir tashabbusi - respublikada maxsus markaz tashkil etilishi, u mehnat migrantlariga Rossiyaga ketgunga qadar patent va ish ruxsatnomalarini taqdim etishi kerak bo‘ladi, deb xabar berdi mehnat vaziri.
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qutbiyev va Rossiya Federatsiyasi mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin tomonidan ijtimoiy mehnat sohasida hamkorlik to‘g‘risida imzolangan idoralararo memorandum bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi. Bu mehnat bozorini tahlil va monitoring qilish, aholi bandligiga ko‘maklashish hamda xorijiy ishchi kuchini tashkiliy jalb qilish, mehnat huquqlarini himoya qilish va boshqalar. Birgalikda maslahat organlari tuziladi, ish bilan ta'minlash sohasida tajriba almashish uchun o‘zaro tashriflar tashkil etiladi.
Mavzuga oid
20:49 / 16.01.2026
Amerika investitsiya fondi Rossiya imperiyasi qarzlari bo‘yicha Rossiyadan 225 milliard dollar talab qildi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:24 / 16.01.2026
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026