Köksaroy qarorgohida Özbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari böyiça ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi. Unda har ikki davlat rahbarlari ham iştirok etişdi.

Xususan, marosim davomida quyidagi hujjatlar imzolandi:

Özbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri Botir Xöjayev va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Oreşkin Iqtisodiy hamkorlik böyiça 2019-2024 yillarga möljallangan hukumatlararo dasturni va uni amalga oşiriş böyiça Harakatlar rejasini;

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Bekzod Yöldoşev va Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasi prezidenti Aleksandr Sergeyev «Suffa» xalqaro radioastronomik observatoriyasi nomli xalqaro ilmiy-tadqiqot taşkilotini taşkil etiş böyiça amaliy harakatlar rejasi - «Yöl xaritasi»ni;

Özbekiston Respublikasi taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov sanoatning töqimaçilik, tikuv va trikotaj sohalarida hamkorlik töğrisida hukumatlararo bitimni;

«Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi Bahrom Aşrafxonov va «Almaz» vakili Andrey Filatov «Özbekiston Mustaqilligi» investitsion bloki doirasida «Mustaqillikning 25 yilligi» konini örganiş va işlatiş orqali Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini quriş böyiça 1-sonli qöşimça bitimni;

«Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi Bahrom Aşrafxonov va «Lukoyl» OAJ prezidenti Vagit Alekperov «Özbekneftgaz» va «Lukoyl» örtasida anglaşuv memorandumini;

Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy madaniy-gumanitar sohalarda 2019-2021 yillarga möljallangan hukumatlararo hamkorlik dasturini;

Özbekiston Respublikasi oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta'lim vaziri Mixail Kotyukov Özbekiston Respublikasida Rossiya Federatsiyasining oliy ta'lim böyiça ta'lim muassasalari filiallarini taşkil etiş va ularning faoliyat yuritişi töğrisida hukumatlararo bitimni;

Özbekiston Respublikasi prezidenti maslahatçisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvohidov va Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovniçiy Özbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari kengaşi bilan Rossiya rektorlari ittifoqi Umumrossiya jamoat taşkiloti örtasida bitimni hamda Özbekiston Milliy universiteti bilan Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti örtasida fanlararo ilmiy-ta'lim markazni taşkil etiş töğrisida bitimni;