Jahon | 09:17 / 24.10.2018
2712
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Britaniya bilan Assanj bo‘yicha muzokaralardan bosh tortdi

Foto: REUTERS

Ekvador tashqi ishlar vaziri Xose Valensiyaning ma'lum qilishicha, Ekvador bundan buyon Buyuk Britaniya tomoni bilan Londondagi elchixonadan ozod etish bo‘yicha muzokaralarda WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning manfaatlarini himoya qilmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Valensiyaning qayd etishicha, Ekvador hozirgi paytda faqat Assanjning elchixonada yashash sharoitlari haqida qayg‘urmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ekvador Assanjdan internetda kamroq yozishni talab qilgandi.

Ekvador hukumati WikiLeaks asoschisi, mamlakatning Londondagi elchixonasida istiqomat qilayotgan Julian Assanj uchun yurish-turish qoidalarini e'lon qildi. Xususan, Assanjga Internetda siyosiy yoki boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan izohlarni qoldirish taqiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid