Rim metrosida eskalatorning buzilishi oqibatida "TsSKA" muxlislari jabrlandi
“TsSKA” futbol klubining 30 muxlisi Chempionlar ligasi doirasida “Roma” bilan uchrashuv oldidan Rim metrosi stansiyalaridan biridagi eskalatorning buzilishi oqibatida jabrlanishgan. Bu haqda Rossiyaning Rimdagi elchixonasida ma'lum qilindi.
“Republika” stansiyasidagi eskalator mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida, metroning eng tig‘iz soatlarida nosoz ishlay boshlagan. Voqea videosida eskalator keskin tezlashib, uning oxirida odamlar zinalardan tushishga ulgurolmay qolib, bir-birining ustiga yiqilganini ko‘rish mumkin. Ba'zilar qo‘shni eskalatorga sakrab o‘tib olishga ulgurgan.
Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchilardan 7 kishi zambillarda olib ketilgan, ularning ahvoli og‘ir. Yana 5 kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat olgan, 18 jabrlanuvchi yengil jarohatlar bilan stansiyani o‘zi mustaqil tark eta olgan.
Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, voqea mast holdagi rossiyalik fanatlarning eskalatorda sakray boshlagani sababli sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:57 / 09.11.2024
Rimdagi Trevi favvorasi suvi quritildi va uning yoniga tangalar uchun basseyn o‘rnatildi
02:24 / 07.10.2024
RPL. Fayzullayev gol urgan derbida TsSKA g‘alabani ilib ketdi
21:57 / 06.09.2024
Rim Trevi favvorasiga keladigan turistlar sonini cheklashi mumkin
23:03 / 04.09.2024