Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Technics «erkin suzish»ga qo‘yib yuboriladi
Uzbekistan Airways Technics («O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining tuzilmaviy bo‘linmasi, UAT) kompaniyasi isloh qilinadi, uning davomida korxona bosh kompaniyadan mustaqil va moliyaviy jihatdan erkin bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Delovoy portal aviatsii» yozmoqda.
Rejaga ko‘ra, buning uchun birinchi qadamga 2019 yilda UAT’ning butunlay xozraschyot (davlatdan yordam olmasdan, o‘zidan chiqqan daromad hisobiga xo‘jalikni boshqarish usuli)ga o‘tkazish aylanadi, ya'ni uning moliyaviy faoliyatini nazorat qilish kuchsizlanadi.
«Agar markaziy ofis oldin barcha daromadlar va xarajatlarni boshqargan bo‘lsa, endi u amalda bizni «erkin suzish»ga qo‘yib yubormoqda», - deya aytib o‘tdi nashrga UAT’ning G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha markazi bosh menejyeri o‘rinbosari Oleg Volokitin.
«Nazorat qilish, albatta, qoladi, lekin o‘ta kuchli nazorat bo‘lmaydi. Bu bizga qarorlar qabul qilishda ko‘proq moslashuvchanlikni beradi, sababi xarajatlarimizni hech kim bilan yana bir bor muvofiqlashtirishimiz kerak bo‘lmaydi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Kelgusi uch yil mobaynida provayder Boeing 787’ga texnik xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan angar qurishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MAK 2019 yil yanvarida Airbus A320neo samolyotlarini qabul qilib olishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019