Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armrestling bo‘yicha jahon chempionatida “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchisi Zuhra Xo‘jaqulova 2-o‘rinni egalladi
Turkiyada armrestling sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchisi Zuhra Xo‘jaqulova g‘alaba qozondi.

2002 yilda tug‘ilgan Zuhra Xo‘jaqulova Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi”da 2016 yil aprel oyidan boshlab tarbiyalanib kelmoqda. U murabbiysi, oliy toifali trener, sport ustasi Dilorom Rahimova bilan 2016 sentabr oyidan boshlab sportning armrestling turi bo‘yicha shug‘ullanadi.

Z.Xo‘jaqulova dastlab Sirdaryo viloyat chempionatida chap va o‘ng qo‘l bo‘yicha 2 marta 1-o‘rinni, O‘zbekiston chempionatida bir marta 1-o‘rinni, 4 marta 2-o‘rinni, 2017 yilda Qozog‘istonda o‘tkazilgan ochiq Osiyo kubogi musobaqasida 2-o‘rinni egallab, joriy yilning 12-21 oktabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan “Armrestling” bo‘yicha 40-jahon chempionatida qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Natijada, Zuhra Xo‘jaqulova ushbu jahon chempionatida yoshlar o‘rtasida 65 kg. vaznda ishtirok etib, 51 ta davlatdan kelgan sportchilar bilan bo‘lgan bellashuvlarda 2-o‘rinni egalladi va O‘zbekiston Respublikasining umumjamoa hisobida 4-o‘rinni egallashiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Qayd etish lozimki, viloyat prokuraturasi, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat idoralararo komissiyasi, viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi va “Bolalar shaharchasi” ma'muriyati bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi”da tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarning ta'lim-tarbiyasi, ularning yashash, o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va madaniy dam olishlari borasida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026