Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlar Ekoharakatni parlamentdagi kvotadan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasini rad etdilar
2018 yil 24 oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar «O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasini muhokama qilishdi.
Davlat rahbarining Oliy Majlisga murojaatnomasida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosi yuzasidan parlament quyi palatasining bir guruh deputatlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qonun loyihasining maqsadi O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotani bekor qilish orqali Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputatlar nomzodini ilgari suruvchi sub'yektlar doirasini maqbullashtirish, saylovga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va xalqaro andozalarga moslashtirishdan iborat.
Biroq, deputatlar qayd etganidek, ayni kunlarda fuqarolarning saylovga oid huquqlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Saylov kodeksi loyihasi ishlab chiqilib, keng muhokama etilmoqda.
“Saylov kodeksi qabul qilinadigan bo‘lsa, deputatlar taklif etayotgan qonun loyihasi bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilayotgan bir nechta qonun tabiiy ravishda o‘z kuchini yo‘qotadi. Ayni asoslarga ko‘ra, deputatlar fikricha, mazkur qonun loyihasida ko‘zda tutilgan normalarni alohida loyiha tarzida emas, balki Saylov kodeksida aks ettirish maqsadga muvofiq. Shu munosabat bilan mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan rad etildi”, - deyiladi parlament xabarida.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
10:04 / 12.05.2025