Foto: Umra ziyoratiga boruvchi o‘zbekistonliklarga xizmat qiluvchi mehmonxonalar ma'lum qilindi
O‘zbekistondan Umra ziyoratini amalga oshiruvchi mo‘'min-musulmonlar Makkai Mukarrama shahrida 4 yulduzli Al Kiswah Hotel Towers, Madinai Munavvarada 5 yulduzli Pullman Zamzam Madina Hotel mehmonxonalariga joylashtiriladi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan Milliy matbuot markazida tashkil etilgan brifingda ma'lum qildi.
Video: TasIX
Video: YouTube
Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi yillarda, jumladan 2016 va 2017 yillarda Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalar 2 va 3 yulduzli bo‘lib, Ikki Haram masjidlari oralig‘idagi masofaning uzoqligi hamda ziyoratchilarning mehmonxona oshxonasida ovqatlanish imkoniyatlari zamon talablariga javob bermagan.
Endilikda, Jamoatchilik kengashi tomonidan Umra safariga bormoqchi bo‘lgan har-bir fuqaro uchun to‘lanadigan mablag‘ qiymati 5 804 000 so‘m (borish-kelish aviachiptasidan tashqari) miqdorda belgilanib, sezilarli arzon bo‘lishiga erishildi. Mazkur mablag‘ga Saudiya Arabistoni Podshohligi rasmiy vizasi, Makka va Madina shaharlaridagi 5 va 4 yulduzli mehmonxona, o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlanadigan taomlar, 24 soatlik bepul tibbiy xizmat, O‘zbekiston davlat ramzlari tushirilgan maxsus libos, ibodat qo‘llanmasi, beyjik, zamonaviy transport hamda boshqa ziyorat xizmatlari kiritilgan.
Quyida o‘zbekistonliklarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalar suratlarini tomosha qilishingiz mumkin.
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi
20:00 / 06.01.2025
Namanganda ona-bolani Haj ziyoratiga yuborish evaziga 10 ming dollar olgan shaxs ushlandi
19:53 / 15.10.2024
“Sekin oshirib boramiz” – Toshboyev O‘zbekiston 24 minglik Haj kvotasidan to‘liq foydalanmayotgani haqida
15:50 / 15.10.2024