CNN: AQShda posilkaga joylangan 12-bomba topildi. U razvedka xizmati sobiq direktoriga jo‘natilgan
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari AQSh milliy razvedkasi sobiq direktori Jyeyms Klepperga jo‘natilgan portlovchi qurilma solingan o‘n ikkinchi posilkani aniqlashdi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, posilka Manxettendagi pochta jo‘natmalarini saralash markazida topilgan.
Qayd etilishicha, unda Klepperning ismi va CNN tahririyatining Nyu-Yorkdagi manzili yozilgan. Klepper ushbu telekanalda tez-tez sharhlovchi sifatida chiqish qiladi.
Avvalroq sakkizta manzilga jo‘natilgan o‘n bitta portlovchi qurilma topilgandi. Ular aktyor Robert De Niro, moliyachi Jorj Soros, AQSh sobiq davlat kotibi Xillari Klinton, sobiq prezident Barak Obama, MRB sobiq direktori Jon Brennan, sobiq adliya vaziri Erik Xolder, vakillar palatasi a'zosi Maksin Uoters va sobiq vitse-prezident Jozef Baydenga jo‘natilgan. Ularning barchasi liberal qarashlari va prezident Donald Trampni tanqid qilishlari bilan tanilgan.
AQSh, bomba
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024