Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA 2018 yili Rossiyada o‘tkazilgan jahon chempionatini tarixdagi eng yaxshisi deb tan oldi.
Bu haqda FIFA kengashi a'zosi Aleksey Sorokin gapirib berdi.
«Kengash tomonidan qabul qilingan hisobotda shunday deyilgan. Ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha avvalgi chempionat rekordlari yangilandi. Ba'zi bir tashabbuslarimiz muvaffaqiyatli deb topildi, masalan, bepul transport, muxlislarni identifikatsiya qilish tizimi va boshqa yangiliklar», — deb Sorokin so‘zlarini keltirmoqda TASS.
Mundialga 2 milliondan ortiq xorijiy fanatlar keldi. Musobaqa oldidan ular maxsus hujjat — muxlis pasportini olishdi. Fanatlar u bilan o‘yinlarga kirish va shahar transportidan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, turnirda ilk marotaba hakamning video-yordamchisi tizimidan foydalanildi. Jahon chempionatida 196ta gol urildi — bu tarixdagi uchinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Jahon chempionati 14 iyun - 15 iyul kunlari Rossiyaning 11ta shahrida o‘tkazildi. Fransiya terma jamoasi oltin medallarni, Xorvatiya esa kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026
«Qizil chiziqdan o‘tildi». UYeFA Infantinoni ag‘darmoqchi
17:52 / 03.07.2026
FIFA Rivaldo oldidagi qarzdorlik tufayli «Bunyodkor»ga transfer taqiqi qo‘ydi
16:34 / 12.06.2026