O‘zbekiston va Qozog‘iston TIV maslahatlashuvlar o‘tkazdi
2018 yilning 25 oktabr kuni Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2018 yilga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturiga muvofiq konsullik masalalari bo‘yicha navbatdagi vazirliklararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston TIV Konsullik-huquqiy departamenti va Qozog‘iston TIV Konsullik xizmati departamenti delegatsiyalari 1963 yilgi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi, huquqiy yordam hamda fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama va ikki tomonlama hujjatlar qoidalarining bajarilishi bilan bog‘liq masalalarni, shuningdek bir-birlarining hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha joriy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Maslahatlashuvlar nihoyasiga yetgach, yakuniy bayonnoma imzolandi. Maslahatlashuvlarning keyingi raundi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston Namanganda chegara masalasi bo‘yicha muzokara o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024