Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Voyaga yetmaganlarga tajovuz qilgan shaxs jazoga tortildi
Sudning aniqlashicha, X.O. 14 avgust kuni soat 20:30 da o‘zganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida, “Kastet”dan qurol sifatida foydalanib, maktabi binosi oldida, voyaga yetmagan 2002 yilda tug‘ilgan I.T. va 2004 yilda tug‘ilgan A.K.ga hujum qilgan. I.T.ga tegishli narxi 1.580.000 so‘m bo‘lgan “ACER” rusumli uyali telefon apparatini olib, voqea joyidan yashiringan.
Sud jinoyat ishi hujjatlarni tahlil qildi va sudlanuvchini O‘zbekiston Respublikasi JK 164-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan aybdor deb topdi. Sudlanuvchiga 3 (uch) yil 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘talishi belgilandi.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026