Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sug‘urta kompaniyasi Indoneziyadagi samolyot halokati qurbonlari oilalariga 3200 dollardan to‘laydi
Jasa Raharja sug‘urta kompaniyasi Yava oroli sohilida halokatga uchragan Lion Air aviakompaniyasi samolyoti halokati qurbonlarining oilalariga 50 mln indoneziya rupiysidan (3285 dollar) to‘laydi. Bu haqda Antara agentligi xabar qildi.
Shuningdek, jabrlanganlarga 25 mln rupiydan ($1642) to‘lanadi.
Ayni paytda singapurlik qutqaruvchilar halokatga uchragan samolyot qora qutilarini qidirishda yordam berish uchun Jakartaga yetib kelishdi.
"Mutaxassislar qora qutilarni topish uchun o‘ta sezuvchan qurilma keltirishdi", - degan Indoneziya transport xavfsizligini ta'minlash qo‘mitasi rahbari Soyerjanto Tajaxono.
U qidiruv hududida ob-havo sharoiti yaxshi ekanligini va qidiruv operatsiyasi tuni bilan davom etishini ham ma'lum qilgan.
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Jakartadan Pankalpinang shahriga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Yerdan ko‘tarilganidan so‘ng taxminan 13 daqiqa o‘tgach u Yava dengiziga qulagan. Samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026