Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UFC rahbari: Nurmagomedov va Meyvezer MMA qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishi kerak
Foto: Eurosport
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Dana Uayt tashkilot chempioni Habib Nurmagomedov va amerikalik yengilmas bokschi Floyd Meyvezer o‘rtasidagi ehtimoliy jang bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda TMZ xabar qilmoqda.
Prezidentning ta'kidlashicha, bu jang haqiqatdan ham o‘tkazilishi mumkin, biroq faqatgina aralash jang san'atlari qoidalari (MMA) bo‘yicha tashkillashtirilishi kerak.
«Agar Meyvezer jang qilishni istasa, kelsin va jang qilsin. Lekin u UFC’da, boks qoidalarisiz jang qilishi kerak. Bir paytlar bu yo‘ldan borgandik, shuning o‘zi yetarli», - deya ma'lum qildi Uayt.
UFC’ning irlandiyalik jangchisi Konor Makgregor boks qoidalari bo‘yicha jangga rozi bo‘lib, amerikalik bilan bahsga kirishgandi. O‘shanda Meyvezer o‘ninchi raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari Nurmagomedov endi kim bilan jang o‘tkazishi kerakligini aytgandi.
Mavzuga oid
21:19 / 28.10.2025
Pakyao va Meyvezer revansh jangini o‘tkazadi
21:05 / 05.09.2025
Mayk Tayson va Floyd Meyvezer o‘rtasida superjang o‘tkaziladi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
18:33 / 15.08.2024