Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) rahbari Deyn Uayt rossiyalik jangçi va taşkilotning yengil vazn toifasidagi çempioni Habib Nurmagomedov kim bilan jang ötkazişi lozimligi haqida öz fikrini bildirdi. Bu haqda u ESPN’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
«Sport işqibozi sifatida, menimça, Toni Fergyuson jangga loyiq. Unda kamar bor edi, lekin tizzadagi jarohatidan keyin uni yöqotdi. Toni kamarni jangda topşirmadi, xuddi Makgregor kabi. Biroq, Konorda imkoniyat böldi, şuning uçun aynan Fergyuson Habib bilan oktagonga çiqişga loyiq», - deb hisoblaydi Uayt.
9 oktabr kuni Fergyuson Nurmagomedovga qarşi oktagonga çiqişga tayyor ekanligini ma'lum qildi. Amerikalik özini haqiqiy çempion, deb atadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedovning otasi Makgregorni keçirib, uni Doğistonga taklif qilgandi.












