Jahon | 09:20 / 31.10.2018
5011
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador venesuelalik qochqinlar tufayli favqulodda holat rejimini uzaytirdi

Foto: Bernadett Szabo/Reuters

Ekvador hukumati venesuelalik qochqinlar oqimi tufayli favqulodda migratsion holatni mamlakatning bir qismida uzaytirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Favqulodda holat uchta provinsiyada amal qiladi - Karchi, El-Oro va Pichincha.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh vitse-prezidenti Mayk Penc Venesuela hukumati Qo‘shma Shtatlar va Meksika chegaralariga yaqinlashib kelayotgan «migrantlar karvoni»ni moliyalashtirayotgani haqida ma'lum qilgandi.

Pensning qayd etilishicha, Honduras yetakchisi Xuan Orlando Ernandes «karvon»ni moliyalashtirish uchun mablag‘ manbasi haqida aytgan - uning ma'lumotlariga ko‘ra, migrantlar guruhiga bu davlatdagi so‘l harakat homiylik qilyapti, u esa, o‘z navbatida, Venesuela hukumatidan pul oladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid