Investitsiya qo‘mitasi xodimlari endi Toshkentda doimiy propiska qilinishi mumkin
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hukumatning 2018 yil 29 oktabrdagi qarori bilan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘yxatda shu paytgacha 70ta tashkilot mavjud edi.
Avvalroq, Davlat veterinariya qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilangandi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
11:23 / 11.03.2024
Fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi o‘zgarishi mumkin
14:36 / 04.07.2023
Toshkent propiskasi haqidagi qonunni bekor qilish loyihasi parlamentga hali kiritilmagan
19:39 / 08.05.2023