Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Meksika bilan chegarada 15 minggacha harbiy joylashtiradi
AQShga noqonuniy muhojirlar karvoni kirmasligi uchun Meksika bilan chegarada 15 minggacha harbiy joylashtiriladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.
Hozir Meksika hududi bo‘ylab AQShga Gondurasdan muhojirlar karvoni yo‘l olmoqda. Meksika hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, karvonda 3,6 mingdan ko‘proq odam bor. Avvalroq Tramp AQShga yo‘l olayotgan karvonda jinoyatchilar va Yaqin Sharqdan shubhali kimsalar borligini aytgan. AQSh hukumati muhojirlarning AQSh hududiga kirishining oldini olish maqsadida chegarachilarga yordamga 800 harbiy yuborishga ko‘rsatma bergan.
“Juda xavfli bo‘lgan karvonga kelsak, nima bo‘layotganini ko‘rib turibsiz, harbiylarimiz tayyor. Bizda 5 ming harbiy tayyor turibdi, yana 10-15 ming harbiy, shuningdek, chegarachilar, migratsiya xizmati xodimlari va boshqalar bo‘ladi. Hech kim AQShga noqonuniy kirmaydi, biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.
Tramp Salvadorda muhojirlarning ikkinchi karvoni shakllanganidan xavotir bildirgan va AQSh hukumati muhojirlar kelayotgan bu davlat va boshqa davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatishni ko‘rib chiqayotganini tasdiqlagan.
Salvadorliklar karvoni AQShga 28 oktabrda yo‘l oldi. Karvon ishtirokchilari bunday qilishlariga Salvadordagi zo‘ravonliklardan qochish va o‘zlariga yaxshi hayotni ta'minlashga urinishni sabab qilib ko‘rsatishmoqda. Ta'kidlanishicha, ushbu davlatdan yana bitta muhojirlar karvoni shakllangan.
Mavzuga oid
19:05
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026