Ruminiya delegatsiyasi Senatda qabul qilindi
2018 yil 31 oktabr kuni Senatda Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo‘mitasi raisi Alisher Qurmanov va Ruminiya Tashqi ishlar vazirligining davlat kotibi Danut Sebastian Nekulayesku boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, shu jumladan parlamentlararo aloqalar, shuningdek 2019 yilda Yevropa ittifoqiga Ruminiya raislik qilishini inobatga olgan holda “O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi” formatida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Ruminiyani siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda o‘zaro hamkorlikka asoslangan munosabatlar bog‘lab turadi. Xususan, davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo xususiyatga ega 14 ta hujjat ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy negizini tashkil etadi. Davlatlararo munosabatlarning izchil rivojlanishi ikkala mamlakatni amaliy muloqotni yanada chuqurlashtirishga undaydi.
Uchrashuvda turli sohalarda ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish, kichik va o‘rta biznes, qishloq xo‘jaligi, sanoatni rivojlantirish, turizm, transport, ilm-fan va texnologiyalar sohasida uzoq muddatli hamkorlik orqali aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama etildi. Birgalikda tadbirlar tashkil etish va o‘tkazishga, ikkala mamlakatda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishga bundan buyon ko‘proq e'tibor qaratish zarurligi ham qayd etildi.
Tomonlar o‘zaro samarali hamkorlikni rivojlantirishda parlament diplomatiyasi muhim o‘rin tutishiga alohida urg‘u berdilar. Shu munosabat bilan bu boradagi muloqotni kuchaytirish va parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish lozimligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:55 / 24.10.2024
“5 yilda 440 ga yaqin qonun muhokama qilindi” - Senat raisi
13:38 / 23.10.2024
Yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
13:04 / 23.10.2024