Armaniston parlamenti tarqatib yuborildi
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan 1 noyabrda parlamentning tarqatilishi va navbatdan tashqari parlament saylovlari 9 dekabrga belgilanishi bo‘yicha farmonni imzoladi.
1 noyabrda Armaniston parlamentida bosh-vazir lavozimiga saylovning ikkinchi turida Nikol Pashinyan bu lavozimga yana saylanmagan. Shundan keyin parlamentni qayta shakllantirish jarayoni boshlangan.
16 oktabrda Pashinyan bosh vazir lavozimidan ketgan. U bu iste'fosi texnik xarakterga egaligini va parlamentni tarqatish uchun zarurligini tushuntirgan. Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, agar bosh vazir iste'fosidan keyin deputatlar parlamentning ikki yig‘ilishida yangi bosh vazir tanlay olmasalar, parlament tarqatib yuborilishi kerak.
Pashinyan ushbu lavozimga yagona nomzod bo‘lgandi. 24 oktabrda ham parlament uni bosh vazir etib saylamagan.
Mavzuga oid
14:26
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
23:25 / 04.11.2024
Gurjistonda minglab odamlar parlament saylovlari natijasiga qarshi mitingga chiqdi
19:06 / 29.10.2024