Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQSh ichki xavfsizlik vaziri va bosh prokuroriga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi
Foto: RIA Novosti / Alena Palajchenko
Turkiya TIV AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kirsten Nilsen va bosh prokurori Jyeff Seshnsga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Avvalroq AQSh moliya vazirligi Turkiya adliya vaziri Abdulhamit Gul va ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni bekor qilgandi. Agentlikning xabar berishicha, Turkiya AQShning harakatlariga javoban Seshns va Nilsendan sanksiyalarni olib tashlagan.
Vashington va Anqara munosabatlari keyingi vaqtda keskinlashgandi. Bunga xususan 2016 yilda Turkiyada amerikalik Endryu Bransonning hibsga olinishi sabab bo‘lgandi. Avgust boshida AQSh moliya vazirligi Gul va Soyluga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.
Mavzuga oid
08:23
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozida qolib ketgan kemalarni «ozod etish» operatsiyasini e’lon qildi
07:31
Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini rad etdi
20:29 / 03.05.2026
O‘zbekistonliklar AQShda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yuboriladi
17:31 / 03.05.2026