Fan-texnika | 11:47 / 03.11.2018
6705
7 daqiqa o‘qiladi

Huawei kollej talabalarini soliq sohasidagi yechimlari bilan tanishtirdi

2018 yilning 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi qoshidagi Toshkent soliq kolleji talabalari sayyor seminar doirasida O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasi ofisiga tashrif buyurishdi va kompaniyaning mamlakatdagi faoliyati, innovatsion yechimlari va ko‘rgazmalar zaliga joylangan kompaniya mahsulotlari bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida mobil texnologiyalar bo‘yicha Huawei ishlanmalari va innovatsion yechimlar asosida raqamli iqtisodiyotni targ‘ibot qilish tamoyillari yosh iste'dod egalariga namoyish qilindi.

Foto: Huawei

“Hozirda axborot va aloqa texnologiyalarisiz biror-bir sohani tasavvur qila olmaymiz. Davlat organlari va tuzilmalari raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlariga e'tibor qaratayotgan bir davrda, bozor kon'yunkturasini aniqlab olish va aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar samaradorligini oshirish uchun innovatsiyalarni amalga tatbiq qilish juda muhimdir. Soliq xizmati mamlakat iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi bizga ma'lum. Joriy yilda davlatimiz prezidenti yangi soliq konsepsiyasini imzoladi va hukumatga yangi soliq kodeksini ishlab chiqish vazifasini yukladi. Ushbu kodeksda mamlakatda biznes muhitini yaxshilash va aholiga samarali xizmat ko‘rsatishning barcha imkoniyatlari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan. Mamlakat rahbariyati tomonidan belgilab berilgan mazkur yo‘nalishdan kelib chiqib, Toshkent soliq kolleji ta'lim tizimini takomillashtirish maqsadida informatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini amalda o‘rganib chiqishga, shuningdek, «Smart Tax» («Aqlli soliq tizimi») va «Ye-Tax» («Elektron soliq platformasi») tizimidagi xorij tajribasida qo‘llaniladigan raqamli iqtisodiyotda yangi yechimlar bilan tanishishga qaror qildi”, - deydi O‘zbekistondagi Huawei kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘yicha bo‘limi direktori Davron Azizov.

Foto: Huawei

Bundan tashqari, kollej rahbariyati bilan suhbat davomida “Smart Class” kabi kompaniya yechimlari to‘g‘risida so‘z yuritildi va ushbu konsepsiyani turli darajalardagi ta'lim tizimiga joriy qilishda olingan ijobiy natijalar aytib o‘tildi. Yaqin kelajakda Toshkent soliq kolleji talabalari ham yangi ta'lim texnologiyalari bilan jihozlangan “aqlli sinflar”da ta'lim olishsa, ajab emas.

Bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari juda ilg‘or va axborot texnologiyalari bo‘yicha yetarlicha ma'lumotga ega. Shundan kelib chiqib, kollej rahbariyati talabalarni kelajakda davlatning moliya va fiskal tizimida ishlatilishi mumkin bo‘lgan yangi yechimlar bilan tanishtirishga qaror qildi. Shuningdek, hozirda Osiyo va Yevropaning rivojlangan davlatlarida keng qo‘llaniladigan texnologiyalar ham namoyish etildi, bu yangi texnologiyalar asosida soliq va moliya xizmatlari ishini sezilarli darajada yaxshilash, davlat byudjyeti xarajatlarini tejash va davlat xizmatchilarining ish samaradorligini oshirish mumkin. Bularning barchasini oddiy aholi, tadbirkorlar va investorlarga maksimal darajada qulay sharoitlar yaratish uchun amalga oshirish lozim. Yangi texnologiyalar - bu davlat infratuzilmasining taraqqiyoti uchun muhim omil, aholi farovonligining o‘sishi tufayli mamlakatning iqtisodiy salohiyatini oshirish va hamkorlik uchun yangi potensial investorlarni jalb qilish mumkin”, - deydi Toshkent soliq kolleji direktori Firdavs Tillayev.

Foto: Huawei

Qayd qilish joizki, O‘zbekistonda “Smart education” tizimini targ‘ibot qilish doirasida, shuningdek, o‘zining ijtimoiy korporativ majburiyatini bajargan holda, Huawei kompaniyasi muntazam ravishda universitet va kollej talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazib kelmoqda va bu tadbirda qatnashuvchilar axborot texnologiyalari bo‘yicha dunyoqarashini kengaytirishi, turli faoliyat yo‘nalishlari, jumladan, ta'lim, tibbiyot, xo‘jaliklar, korxonalar va shaharlarni boshqarish, soliqqa tortish kabi sohalarda Huawei yaratgan innovatsion yechimlar bilan tanishishlari mumkin. 

Foto: Huawei

Yil boshidan buyon kompaniyaning ko‘rgazmalar zalida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, “International House” akademik litseyi talabalari va Konfutsiy nomidagi O‘zbek-Xitoy instituti talabalari qabul qilindi. Bundan tashqari, kompaniya rahbariyati Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi INHA instituti va O‘zbekistondagi Vestminster universiteti filiali talabalari uchun sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlarda talabalar tomonidan kompaniya rahbariyatiga bevosita berilgan savollarga Huawei tajribasi asosida batafsil javoblar taqdim etildi.

Huawei kompaniyasi haqida qisqacha ma'lumot

Foto: Huawei

Huawei axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha jahon miqyosidagi yetakchi kompaniyadir. Bizning maqsadimiz, mas'uliyatli korporativ fuqaro, informatsion jamiyatni innovatsiyalar bilan ta'minlovchi va sanoatga birgalikda ko‘maklashuvchi sifatida dunyoni o‘zaro yanada yaxshiroq bog‘lash, bu orqali turmushni boyitish va samaradorlikni oshirishdir. Iste'molchilarga mo‘ljallangan innovatsiya va ochiq hamkorlik yuritish yordamida Huawei telekommunikatsiya va korxona tarmoqlari, qurilmalari va bulutli yechimlarda iste'molchilarga raqobatda ustunlik taqdim etuvchi to‘liq AKT yechimlar ishlab chiqmoqda. Huawei kompaniyasining butun dunyo bo‘ylab 180 ming nafar xodimi aloqa operatorlari, korxonalar va iste'molchilar uchun kerakli vositalar yaratishga xizmat qilmoqda. Bizning innovatsion AKT yechimlarimiz, mahsulot va xizmatlarimiz dunyo aholisining uchdan bir qismiga xizmat qiladi va 170 dan ortiq davlat va hududlarda ishlatiladi. 1987 yilda asos solingan Huawei kompaniyasi o‘z xodimlari tomonidan to‘liq egalik qilinadigan xususiy kompaniya sanaladi.

Foto: Huawei

Batafsil ma'lumot uchun Huawei kompaniyasining www.huawei.com saytiga tashrif buyuring yoki quyidagi havolalarda bizni kuzatib boring:

http://www.linkedin.com/company/Huawei

http://www.twitter.com/Huawei

http://www.facebook.com/Huawei

http://www.google.com/+Huawei

http://www.youtube.com/Huawei

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid