Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 1987 yildagi qotilliklar uchun 16 politsiyachi qatl etiladigan bo‘ldi
Hindistonda 42 musulmonning o‘ldirilishida aybdor deb topilgan 16 nafar sobiq politsiyachi o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Islam Today nashri ma'lum qildi.
Qotilliklar 1987 yilda sodir etilgan, biroq Hindiston oliy sudida ushbu ish bo‘yicha sud jarayoni 30 yildan ko‘proq davom etgan. Hindistonning Meyerut shahridagi mojaro vaqtida politsiyachilar musulmonlarni tabel qurolidan o‘qqa tutishgan.
Ushbu ish bo‘yicha 19 gumonlanuvchi o‘tgan, biroq sud jarayoni borgan yillar ichida 3 gumonlanuvchi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026