Jahon | 22:26 / 04.11.2018
6621
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadan 15 vrach O‘zbekistondagi salomatlik haftasida ishtirok etmoqda

Bir guruh turk vrachlari bepul tibbiy maslahatlar berish uchun O‘zbekistonga kelishdi, deb xabar bermoqda Anado‘lu agentligi.

15 nafar vrachning O‘zbekistonga safari Turkiya sog‘liq vaziri Faxriddin Ko‘jiyning farmoyishiga binoan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) ko‘magida tashkillashtirilgan.

Vrachlar Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahrida O‘zbekiston 42-salomatlik haftasi doirasida 11 noyabrga qadar bo‘lishadi.

Vrachlar allaqachon Nukusning bolalar va onkoginekologiya shifoxonasida bemorlarni qabul qilishni boshlab yuborishgan.

Turk vrachlari operatsiyalar va ko‘riklar o‘tkazishadi, mahalliy mutaxassislar bilan tajriba almashishadi.

Bugungi kunga qadar turkiyalik vrachlar jahonning 16 davlatida salomatlik haftaligida ishtirok etishgan. Unda 22812 bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, 3632 marta jarrohlik operatsiyasi amalga oshirilgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid