Jahon | 22:35 / 05.11.2018
14155
2 daqiqa o‘qiladi

​Eron yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda

Foto: ypa.ir

Eron qurolli kuchlari 5 noyabr kuni kuchga kirgan AQSh sanksiyalari ortidan "Velayyet-97" deb nomlangan yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazmoqda. Bu haqda Al-Sumaria telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, dushanba kuni boshlangan ikki kunlik mashg‘ulotlarga Eron armiyasi va "islom inqilobi qo‘riqchilari" Korpusi jalb etilgan. Harbiylar Eronning markaziy, g‘arbiy va shimoliy qismlaridagi 500 kvadrat metr maydonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Mahalliy OAVning bildirishicha, mashg‘ulotlar davomida Eronda ishlab chiqarilgan qurollar, xususan "Xordar-3" raketadan mudofaa qilish tizimi va "Talash" zenit-raketa tizimi sinovdan o‘tkazilgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni Vashington 2015 yilda Eron bilan tuzilgan kelishuvdan chiqishini ma'lum qilgan va yangi sanksiyalar joriy etishini ma'lum qilgandi. 

Sanktsiyalarning birinchi qismi 7 avgust kuni, ikkinchi qismi esa 5 noyabr kuni kuchga kirdi.

Mavzuga oid