Ozarboyjonda yakuniy imtihonda insho yozish talabi bekor qilindi
Ozarboyjonda o‘rta maktab o‘quvchilari 2018/2019 o‘quv yili yakuniy imtihonlarida insho yozmaydigan bo‘ldi. Bu haqda dushanba kuni Davlat test markazi (DTM) bo‘lim boshlig‘i Natiq Aliyev ma'lum qildi, deb xabar beradi Trend.
Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy imtihonda yangi model bo‘yicha yozma javob talab qiladigan, xususan ona tilni bilish darajasiga oid savollar beradi.
“Masalan, 9 sinf o‘quvchilari ikkita matn bo‘yicha 20ta savolga javob berishadi, ulardan 10tasiga yozma javob berish talab qilinadi“, deydi Aliyev.
DTM bo‘lim boshlig‘i “imtihon paytida chet tilidan o‘quvchilarning tinglash va yozish qobiliyatlari aniqlash bo‘yicha maxsus sinov“ bo‘lishini ta'kidladi.
“Biz o‘qiyotgan o‘quvchilarning yozuvchilik qobiliyatini sinovdan o‘tkazishga ehtiyoj qolmaganiga ishonamiz, shuning uchun yangi modelda bu talab bekor qilinadi“, deb qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid
14:26
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
22:20 / 08.11.2024