Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Xitoy importi yaqin 15 yil ichida 40 trln dollardan oshishini ma'lum qildi
Xitoy tovar va xizmatlari importining umumiy hajmi yaqin 15 yil ichida 40 trln dollardan oshadi. Bu haqda Shanxaydagi Xitoy import tovarlari ko‘rgazmasi ochilishi marosimida XXR raisi Si Tszinpin ma'lum qildi.
"Prognozlarga ko‘ra, Xitoy tovar va xizmatlari importining umumiy hajmi yaqin 15 yil ichida 40 trln dollardan oshadi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy moliya sektorida shaffoflikni muntazam ravishda oshirmoqda hamda mahalliy kompaniyalar faoliyatida xorijliklar ishtirokiga nisbatan cheklovlarni yumshatmoqda.
Si Tszinpin Xitoy savdoni liberallashtirish va bojxona to‘lovlarini pasaytirish siyosatini davom ettirishini qayd etdi.
Uning aytishicha, "Xitoy o‘zaro manfaatli ochiqlik strategiyasiga rioya qiladi, savdo va investitsiyalarni liberallashtirish siyosatini o‘tkazadi.
"Xitoy har doim global miqyosdagi umumiy ochiqlikning muhim dvigateli, barcha mamlakatlar uchun yirik va rivojlanayotgan bozor bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi hamda global boshqaruvni isloh qilishga o‘z hissasini qo‘shadi", - dedi XXR raisi.
Mavzuga oid
22:18 / 18.07.2026
Xitoy - AJDARHO UYG‘ONDI | SUBYEKTIV
08:55 / 18.07.2026
Xitoy eng uzun temiryo‘l ko‘priklari bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026