Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi
Foto: Twitter/ Oana Lungescu
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg xavfsizlik nuqtai nazaridan avvaldan e'lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Bu haqda alyans vakili Oana Lungesku Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ayni vaqtda tashrif bilan Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘lib turibdi. Unga NATO harbiy qo‘mitasi rahbari Styuart Pich va NATOning Yevropadagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni Kyortis Skaparotti hamrohlik qilmoqda", - deb yozdi u.
Alyans matbuot xizmatining bildirishicha, Stoltenberg Afg‘oniston prezidenti, hukumat a'zolari va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Bundan tashqari, u NATOning Afg‘onistondagi missiyasi qo‘mondoni Skott Miller, NATO fuqarolik vakili Kornelius Tsimmerman va missiya harbiylari bilan uchrashadi.
NATO bosh qarorgohi tashrifning asosiy mavzularini ma'lum qilmadi, ammo diplomatik manbalarning bildirishicha, tashrif davomida NATO yo‘riqchi va maslahatchilari missiyasini kengaytirish, toliblar bilan muzokaralar istiqboli va Afg‘oniston armiyasini tashqi moliyalashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
20:24 / 07.05.2026
Jahondagi ziddiyatlar: talaba-yoshlar qanday fikrda?
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
21:13 / 03.05.2026
Yaqin Sharqdagi urush NATO mamlakatlari Rossiya bilan urushga tayyor emasligini ko‘rsatdi
12:23 / 02.05.2026