Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyalik marshal Halifa Xaftar Rossiyaga keldi
Foto: RIA Novosti / Vladimir Astapkovich
Liviyalik marshal Halifa Xaftar Moskvaga keldi va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashdi. Bu haqda Al Wasat portali ma'lum qildi.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Shoygu va Xaftar Liviya inqirozini hal qilish yo‘llari va terrorchilikka qarshi kurashni muhokama qilishgan. Xaftar, shuningdek, rossiyalik amaldorlar bilan Liviya va xalqaro maydondagi voqealarni hamda ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilmoqchi.
Xaftar Liviya sharqida joylashgan milliy armiyaga qo‘mondonlik qiladi va Tripolida amal qiluvchi milliy kelishuv hukumatini qo‘llab-quvvatlamaydi. Armiyaga Liviya sharqidagi parlament va muvaqqat hukumat ittifoqdosh hisoblanadi.
Xaftar avvalroq Palermoda 12-13 noyabrda o‘tadigan, Liviyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro anjumanda ishtirok etishini tasdiqlagandi.
Ayni vaqtda Liviyada ikki hokimlik o‘rnatilgan bo‘lib, sharqda xalq tomonidan saylangan parlament, g‘arbda – poytaxt Tripolida esa BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magida shakllantirilgan, Fayoz Sarroj boshchiligidagi milliy kelishuv hukumati faoliyat yuritadi. Mamlakatning sharqiy qismi Tripolidan mustaqil ravishda siyosat olib boradi va jangarilarga qarshi jang olib borayotgan Xaftar boshchiligidagi milliy armiya bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
10:24 / 04.04.2026
200 dan ortiq ukrain harbiylari Liviyada - surishtiruv tafsilotlari
19:12 / 17.03.2026
Shoygu Ukrainaning havo hujumlari tobora uzoqqa borayotganidan shikoyat qildi
11:59 / 06.03.2026
Sergey Shoyguning yana bir sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
13:34 / 04.02.2026