Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh joriy yilda 192 milliard dollarlik qurol sotdi
Foto: Depositphotos
AQSh 2018 yilda qurol savdosi hajmini 13 foizga oshirdi, bundan olingan tushum esa 192 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 moliya yilida AQShning xorijiy davlatlarga qurol sotishi hajmi 33 foizga o‘sib, 55,66 mlrd dollarni tashkil qilgan. Xususiy shartnomalar qiymati esa 136,6 mlrd dollarga yetgan.
Oq uy ma'muriyati vakilining aytishicha, savdo hajmi AQSh prezidenti Donald Trampning “Buy American” (“Amerikada ishlab chiqarilganni sotib ol”) dasturi evaziga o‘sgan. Bu dastur xorijga qurol sotishga qo‘yilgan bir qator cheklovlarni bekor qilgan.
AQSh dunyoda eng yirik qurol eksportchisi bo‘lib qolmoqda. Yetakchi beshtalikka Rossiya, Xitoy, Fransiya va Germaniya kiradi.
Mavzuga oid
11:29
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
08:33 / 07.05.2026
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24 / 07.05.2026
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026