Jahon | 00:35 / 10.11.2018
6634
2 daqiqa o‘qiladi

BMT AQShning noqonuniy muhojirlarga boshpana berishga taqiqloviga izoh berdi

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi AQSh 1951 yildagi qochqinlar maqomi haqidagi konvensiya va uning 1967 yildagi bayonnomasiga muvofiq, qochqinlarga boshpana berishni davom ettirishini kutib qolishini bildirdi. AQSh ushbu bayonnoma ishtirokchisi hisoblanadi.

“Boshqarma barcha davlatlar, jumladan AQSh, boshpanaga va gumanitar yordamga muhtoj har qanday inson 1967 yildagi bayonnomaga muvofiq kechiktirilmasdan va cheklovsiz boshpana va yordam olishi uchun barcha imkoni bor ishni qilishini kutib qoladi”, deb aytilgan boshqarma tarqatgan bayonotda.

BMTda ta'kidlanishicha, qochqinlar AQShga kirishgacha chegarada har doim ham boshpana berilishini so‘ray olmaydilar, aksariyat hollarda esa Meksikaning shimoliy chegarasida o‘tkazish darajasi pastligi sababli chegarani noqonuniy kesib o‘tishga majbur bo‘ladilar.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga noqonuniy muhojirlarga boshpana berishni cheklab qo‘yganini ma'lum qildi. Ushbu qaror vaqtinchalik ko‘rinishga ega bo‘lib, AQShning Meksika bilan chegarasini noqonuniy kesib o‘tuvchi xorijliklarga taalluqlidir. Shu bilan birga muhojir AQShga noqonuniy o‘tishga harakat qilmay, AQSh chegara xizmatiga kelib, tegishli tarzda boshpana berilishini so‘rasa, chegarada qochqin maqomini olishga ariza berish imkoni saqlab qolingan. 

Ta'kidlanishicha, bunday taqiqlov Markaziy Amerikadan AQShga bir necha ming kishilik muhojirlar karvoni yaqinlashayotgani sababli qabul qilingan. Salvador tomondan AQSh tomon yana ikkita muhojirlar karvoni yo‘nalmoqda. 

Mavzuga oid