Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan «Qashqadaryo avtotexxizmat» MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi
«O‘zavtosanoat» AJ monitoring davomida aniqlangan qonunbuzarliklar sabab GM Uzbekistan «Qashqadaryo Avtotexxizmat» MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilganligini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, 2018 yilning yanvar oyidan hozirgi davrga qadar GM Uzbekistan kompaniyasiga jismoniy va yuridik shaxslardan “Qashqadaryo Avtotexxizmat” MChJ dilerlik korxonasi faoliyatiga doir 420 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 117 ta murojaat dilerlik korxonasining mijozlarga nisbatan qo‘pol va haqoratomuz harakatlari va/yoki harakatsizligi bilan bog‘liq. Shuningdek, 10 ta murojaatda mijozlar tomonidan “Qashqadaryo Avtotexxizmat” MChJ xodimining korruptsion harakatlariga oid dalillar keltirilgan.
Shunindek, avtomobillar sotishni hisobga olishga doir hujjatlar o‘rganilganda dilerlik korxonasi va mijoz o‘rtasida imzolanmagan shartnomalar mavjudligi aniqlangan. Shartnomalar va boshqa hujjatlar o‘rganilganda mijozlarning imzolari haqqoniy emas deb gumon qilindi. Ushbu hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash maqsadida ekspertiza uchun tegishli idoralarga taqdim etiladi.
Bundan tashqari, avtomobili hali berilmagan 487 ta shartnoma o‘rganilganda mijozlar imzosi bo‘lmagan 47 ta shartnoma borligi, dilerda mavjud avtomobillar hisob-kitob qilinganda omborda ortiqcha saqlanayotgan avtomobillar mavjudligi, avtomobilini kutayotgan ayrim xaridorlarga qo‘ng‘iroq qilinganda ular avtomobillari salonga yetkazilganligi haqida ogohlantirilmaganliklari aniqlandi.
2018 yilning 10 sentabridan 6 noyabriga qadar GM Uzbekistan aksiyasi doirasida "Spark" avtomobilini xarid qilgan ayrim xaridorlarga velosipedlar olish uchun vaucher berilmagan.
Avtosalonda call-markaz va qo‘ng‘iroq qabul qilish uchun mas'ul xodim bo‘lmagan.
Kompaniya dilerlik markazlari tomonidan avtomobil xarid qilish uchun qo‘shimcha pul talab qilingan holatlarda 78 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan sall-markaziga yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026