Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hikmatullo To‘rayev dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisida oltin medalga sazovor bo‘ldi
Foto: Muhammad AMIN, O‘zA
Bugun, 10 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri doirasida erkaklar o‘rtasida 73 kg, 81 kg, ayollar o‘rtasida esa 63 kg va 70 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazildi.
73 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Hikmatullo To‘rayev turnir davomida Ruminiya, Shvetsiya, Fransiya, BAA vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi va finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi jangda u germaniyalik Igor Vandtkega qarshi tatamiga chiqdi va qiyin kechgan jangda g‘alaba qozona oldi. Shu tariqa, Hikmatullo ushbu Gran-Prida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha musobaqada 60 kg vazn toifasida Diyorbek O‘rozboyev (kumush), 66 kg vaznli sportchilar o‘rtasidagi bahslarda esa Sardor Nurillayev (kumush) va Shahram Ahadov (bronza) sovrindorlar qatoridan o‘rin olgandilar.

Mavzuga oid
19:55 / 05.05.2026
Xatolar tan olindimi? Peshlavha mashmashasi bo‘yicha tomonlar muloqoti
17:45 / 05.05.2026
Toshkentdagi tadbirkorlarning peshlavha muammosi prezidentga olib chiqildi
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
07:36 / 05.05.2026