Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada O‘zbekiston agrar sektori salohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tadi
2018 yilning 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Benilyuks davlatlaridagi elchixonasida Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi bilan birgalikda Almer shahrida O‘zbekistonning agrar oziq-ovqat sektori imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etiladi.
Seminarda agrar oziq-ovqat sektorida ishlayotgan ishtirokchilarga O‘zbekistondagi voqealar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi rejalari, Gollandiya qishloq xojaligi savdo missiyasini 2019 yil martda Toshkent shahriga jo‘natish va 2019 yil iyunda O‘zbekiston poytaxtidagi eng muhim qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida Gollandiya pavilonini tashkil etish to‘g‘risida seminar ishtirokchilari xabardor qilinadi.
Seminar jahonda go‘sht-sut mahsulotlarini yetishtirishda lokomotiv hisoblanadigan Niderlandiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan aloqa o‘rnatish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotini chiqarish uchun mo‘ljallangan xomashyoni qayta ishlashda qo‘llanayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi.
O‘zbekiston elchixonasining ishonishicha, mazkur seminarda ishtirok etish nafaqat qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo vazirliklari, respublika mintaqalari rahbarlari, qolaversa agrobiznes vakillariga ham foydali bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026