Jahon | 09:18 / 10.11.2018
9851
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Makronning Yevroittifoq AQShdan ham himoyalanishi zarurligi haqidagi gapini haqoratli deb atadi

Foto: IAN LANGSDON / AFP

AQSh prezidenti  Donald Tramp Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronning  Yevroittifoq boshqa davlatlardan, jumladan Qo‘shma Shtatlardan ham himoyalanish uchun o‘z armiyasiga ega bo‘lishi zarurligi haqida aytgan so‘zlarini haqoratli deb atadi.

"Prezident Makron Yevropa AQSh, Xitoy va Rossiyadan himoyalanish uchun o‘z armiyasini tuzishi kerakligini taklif qildi. Bu juda haqoratli, ammo balki Yevropa avval AQSh pul berayotgan NATO uchun o‘z ulushini to‘lab qo‘yishi kerakdir!" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Tramp NATO tarkibidagi davlatlarni kollektiv mudofaa uchun yetarlicha mablag‘ sarflamaslikda ayblab bir necha bor tanqid qilgandi. AQSh prezidenti NATOga a'zo barcha davlatlardan zudlik bilan  mudofaa xarajatlari uchun YaIMning 2%ini ajratishni talab qilgandi. Bryusseldagi chiqishida Oq uy rahbari ularga bu talabni nafaqat bajarishni, balki xarajatlarni YaIMning 4%igacha yetkazishni ham taklif qilgandi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid