23:40 / 11.11.2018
8714

«Manchester Siti» «MYu»ga uchta gol urdi

«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasining 12-turida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Manchesterdagi «Etihad — Siti of Manchester» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi birinchi golni «Manchester Siti» yarimhimoyachisi David Silva o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi, u 12-daqiqadayoq raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Ikkinchi bo‘lim boshida «shaharliklar» Serxio Agueroning aniq zarbasi evaziga ustunlikni oshirishdi. 58-daqiqada «qizil iblislar» penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi va Antoni Marsiyal zarba berishda adashmadi. O‘yin oxirida «Siti» xavbeki Ilkay Gundo‘g‘an yakuniy hisobni o‘rnatdi - 3:1.

Endilikda «Manchester Siti» ochkolari sonini 32taga yetkazgan holda «Liverpul»ni (30) quvib o‘tgan va Angliya chempionati turnir jadvalini boshqarishda davom etmoqda, «Manchester Yunayted» 20 ochko bilan 8-o‘ringa tushib qolgan.

Angliya chempionati
12-tur
Manchester Siti – Manchester Yunayted 3:1
 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 12 Silva, 2:0 – 48 Aguero, 2:1 – 58, penalti Marsiyal, 3:1 – 86 Gundo‘g‘an.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva (Foden, 90), Fernandino, Mahrez (Sane, 62), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gundo‘g‘an, 75).
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Fellayni, Matich, Lingard (Lukaku, 57), Errera (Mata, 73), Marsiyal, Reshford (Sanches, 73).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (33), Shou (42).

Mavzuga oid
Top