Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu A Seriyaning 12 o‘yinida gol+pas tizimi bo‘yicha 14 ochko jamg‘ardi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 12-turida «Milan» darvozasini ishg‘ol etdi. O‘yin 2:0 hisobida turinliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Ushbu bahsdan so‘ng 33 yoshli portugaliyalikning gol+pas tizimi bo‘yicha ochkolari soni 14 taga yetdi. U chempionatning 12 o‘yinida 8+6 mahsuldorlik ko‘rsatkichiga erishgan. Bu A Seriyaning mavsumdagi eng yaxshi ko‘rsatkichi sanaladi. Bu borada keyingi o‘rindagi Lorentso Insine («Napoli») hisobida 10 ochko (7+3) bor.
To‘purarlar bahsida Ronaldu «Jyenoa»ning 9 ta to‘p kiritgan hujumchisi Kshishtof Pentekdan bitta golga ortda qolmoqda. Shuningdek, «Latsio» vakili Chiro Immobile hisobda ham 8 ta gol mavjud. Ushbu uchala hujumchi ham o‘z natijalariga 12 ta o‘yinda qatnashish orqali erishgan, Pentek 9 ta golini barchasini o‘yin vaziyatidan, Ronaldu va Immobile esa bir martadan penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Mavzuga oid
16:59
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53
Ronaldu JCh-2026 faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati ekanini aytdi
12:17 / 03.07.2026
JCh kundaligi. Ronalduda tarixiy gol, Modrichda alamli yakun
11:07 / 28.06.2026