Haydovchilik guvohnomasi olish uchun 950 marta ham urinish mumkinmi?
Aytish kerakki, haydovchilik huquqiga ega bo‘lish uchun imtihon topshirish – juda jiddiy va hayajonli.
Avtomobil ishqibozlari bu jarayondan o‘tish uchun shu darajada asabiylashadilarki, ba'zida uni ikkinchi urinishda qo‘lga kiritishadi. Biroq Janubiy Koreyalik Chxa Sa Sunn bor-yo‘g‘i sabr qilish va yana bir marta sinab ko‘rish bilan barchasini o‘zgartirib yubordi.
Chxa Sa Sunn 68 yoshda va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishni juda-juda istardi. U o‘ta qat'iyatli ayol bo‘lib chiqdi. Buni 950-urinishda amalga oshirdi! Ha, bu hazil emas! Ayol Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin egallash uchun jiddiy nomzod bo‘la oladi.
2005 yildan beri Chxa Sa Sunn har ish kunida haydovchilik kurslariga borardi. O‘rganish davomida 800 dan ortiq imtihondan yiqildi. Aynan shu fakt uni o‘z vatanida mashhurlikka erishtirdi.
Koreyaliklar haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish uchun 100 baldan 60 ball olishi talab etiladi. Har safar Chxaga ozgina ball yetmasdi. Biroq yaqinda ayol minimal ostonani hatlab o‘tdi.
Endilikda qat'iyatli buvi haydash bo‘yicha sinovni topshirishi kerak. Agar bari muvaffaqiyatli o‘tsa, guvohnoma uning cho‘ntagida bo‘ladi.
Avtomaktab xodimlaridan biri Chxa Sa Sunn maktabda 7 yil davomida o‘qishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qat'iyat hurmatga loyiq. Agar ayol imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, guvohnoma olsa, uning sharafiga ulug‘lash taxtasini iladilar.
Chxa Sa Sunn savdo sohasida ishlaydi. Guvohnoma unga o‘z biznesini rivojlantirish uchun zarur. Mashina haydash nazariyasini tinglashga 4,2 ming dollar sarfladi. Balki tez orada uning orzusi amalga oshib qolar. Shunda u o‘z shaxsiy avtoulovi ruliga o‘tiradi.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024