Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonachilar “yostiq” operatsiyasini fosh etishdi
Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan mamlakatga tovar-moddiy boyliklarni olib o‘tish chog‘ida ayrim fuqarolar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Yaqinda “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali harakatlanayotgan 2 nafar fuqaro - J.Z va K.I. bojxona xodimlariga o‘z ehtiyojlari uchun 4 dona yostiq olib o‘tishayotganliklarini ma'lum qilishadi.
Bir qarashda yostiqlar olib o‘tilsa buning qanday ziyoni bor, deyish mumkin. Ammo ushbu 4 dona yostiqlar rentgen apparati yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda qonunbuzarlarning nayrangi fosh etildi.
Ushbu yostiqlar ichiga umumiy qiymati 5 million so‘mlik “Ariel” nomli kir yuvish kukuni, “Golden Rose” nomli chinni idishlar va yana ko‘plab uy-ro‘zg‘or buyumlari yashirilgan ekan.
Shunga o‘xshash yana bir holatda ushbu post orqali harakatlanayotgan O.N., J.S. va K.Sh. ismli shaxslar xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 22 575 000 so‘mlik ayollar va bolalar kurtkalari, krassovka, jyemper kabi ko‘plab kiyim boshlarni yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga uringan vaqtda bojxona xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
21:51 / 08.05.2026
Andijonda mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgan haydovchi aniqlandi
09:26 / 01.05.2026
Andijonda yer savdosida gumonlangan hokim yordamchisi va mahalla raisi qo‘lga olindi
17:00 / 28.04.2026