Jahon | 12:09 / 13.11.2018
7215
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyadan kelgan o‘nlab qayiqlar Yaponiya qirg‘oqlarida topildi

Foto: REUTERS

Kuz fasli boshidan buyon Yaponiya suvlarida KXDRdan kelgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 89ta baliq tutuvchi qayiqlar topildi. Bu haqda Japan News milliy sohilni qo‘riqlash xizmati ma'lumotlariga asosan xabar bermoqda.

Qayiqlarda 12 nafar baliqchining jasadi aniqlandi. Ta'kidlanishicha, o‘tgan yilning xuddi shu davrida faqat 59ta qayiq topilgan. Taxminlarga ko‘ra, ular ham Shimoliy Koreyadan suzib kelgan.

Yaponiyadan bildirishlaricha, qayiqlar sonining ortishi Pxenyanning baliqchilik sanoatini dengiz mahsulotlari kontrabanda sotuvida ko‘proq xorijiy valyuta ishlab olish maqsadida faollashtirishga urinishi bilan bog‘liq.

KXDRga qarshi joriy etilgan xalqaro sanksiyalar mamlakatdan dengiz mahsulotlarini qonuniy ravishda sotib olishga taqiqni ham nazarda tutadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya avtomobil hamda temir yo‘llarni birlashtirmoqchi ekani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid