Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR va Janubiy Koreya avtomobil hamda temir yo‘llarni birlashtirmoqchi
Foto: REUTERS
KXDR va Koreya Respublikasi dushanba kuni ikki mamlakat avtomobil hamda temir yo‘llarini birlashtirish bo‘yicha amaliy muzokaralarning ikkinchi bosqichini o‘tkazmoqda. Janubiy Koreyaning birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv Keson shahrida, Koreyalararo aloqa ofisida bo‘lib o‘tyapti.
«Muzokaralar chog‘ida tomonlar sharqiy sohilbo‘yidagi yo‘llarning holati bo‘yicha birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish rejasini muhokama qiladilar», - deya ta'kidlanadi xabarda. Ushbu masala bo‘yicha ishchi guruhning birinchi uchrashuvi 13 avgust kuni bo‘lib o‘tdi, deb qayd etadi vazirlik.
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va KXDR yetakchisi Kim Chen In aprel oyida bo‘lib o‘tgan, o‘n yil ichidagi birinchi Koreyalararo sammitda Koreya yarimorolining tinchligi, farovonligi va birlashuvi haqidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Ikki mamlakat temir yo‘llari va avtomagistrallarini birlashtirish niyati ham kelishuvlar orasiga qo‘shilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya KXDRga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
11:34 / 29.12.2025