Tramp Kaliforniyani tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Kaliforniya shtatini o‘rmon yong‘inlari tufayli tabiiy ofat hududi deb e'lon qildi. Bu haqda u tvitterda xabar bergan.
«Men dahshatli azob-uqubatlarni yengillashtirish uchun tezda javob berishni xohladim», - deya yozgan Tramp.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Kaliforniya uchun tabiiy ofat rejimini joriy etish borasidagi so‘rovni ma'qullagan.
Kaliforniya janubida ikkita yong‘in avj olgan. Woolsey yong‘ini 33 ming gektar yerni qamrab oldi hamda 10%ga bartaraf qilindi. Yana bir yong‘in, Hill 1,8 ming gektar joyga tarqaldi va hozirda 75%ga bartaraf etilgan. Shtat janubidagi yong‘inlar oqibatida jami 179ta bino vayronaga aylandi, olov kamida 57 mingta bino-inshootlarga tahdid solmoqda.
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari tufayli 300 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Mavzuga oid
09:20 / 12.11.2024
Navoiy ko‘chasida Lacetti yonib ketdi
15:37 / 07.11.2024
Xorazmda kiyim-kechak bozorida yong‘in sodir bo‘ldi
02:48 / 06.11.2024
Saylov boshlandi, ko‘p ovoz olib ham yutqazish mumkin bo‘lgan saylov
00:26 / 06.11.2024