O‘zbekiston | 15:27 / 14.11.2018
4887
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki pudratchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e'lon qiladi

Foto: Xalq banki

Qurilish korxonalari va tashkilotlari diqqatiga! Xalq banki bosh ofisi binosi qurilishi bo‘yicha pudratchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etishga oid asosiy ma'lumotlar quyida keltirilgan:

1. Loyiha qiymati QQSsiz – 40 473 587 308 so‘m, QQS bilan – 48 568 304 770 so‘m.

2. Loyihani amalga oshirish muddati: 18 oy.

3. Tanlov komissiyasi manzili va telefoni: Toshkent shahri, Qatortol ko‘chasi, 46-uy, 78-120-17-49.

4. Tanlov savdolari o‘tkazilishi shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni dushanba-juma ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.

5. Tijorat takliflari (konvertga joylangan va korxona muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim) 2018 yil 24 noyabr soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni Xalq banki saytidan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid