O‘zbekiston | 15:56 / 14.11.2018
6629
2 daqiqa o‘qiladi

Nukusda kelasi yildan zooinjyeneriya va veterinariya sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi

Foto: Depositphotos

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filialini tashkil etildi.

2019/2020 o‘quv yilida filialga 50 nafar talaba qabul qilinadi.  

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Filial Nukus shahri, Qoraqalpog‘iston ko‘chasi 24-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filialida 2019/2020 o‘quv yilida yilqichilik va tuyachilik, veterinariya meditsinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari), 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab veterinariya diagnostikasi va laboratoriya ishlari, veterinariya meditsinasi (parranda kasalliklari), qoramolchilik va 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab qorako‘lchilik, veterinariya sanitariya ekspertizasi, veterinariya meditsinasi (mayda shoxli mollar kasalliklari) yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

Avvalroq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etilgani xabar qilingandi.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid