O‘zbekiston | 15:14 / 15.11.2018
10397
3 daqiqa o‘qiladi

Respublika mulki obektlari ro‘yxati ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Respublika mulki va ma'muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk) obektlarini oqilona va samarali boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan respublika mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.

Respublika mulki obektlari ro‘yxati
 
1. O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi.
2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar.
3. Butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, me'moriy, badiiy va memorial qimmatga ega bo‘lgan respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros obektlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro rezervlari.
5. Pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta'minlovchi korxonalar va tashkilotlar.
6. O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari.
7. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi mol-mulk.
8. Davlat hokimiyati organlarining operativ boshqaruv huquqi asosidagi mol-mulki.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining va Favqulodda vaziyatlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki.
10. Respublika miqyosidagi davlat boshqaruvi organlarining,
 shuningdek ularning hududiy tuzilmalarining operativ boshqaruv huquqi asosidagi mol-mulki.
11. Respublika miqyosidagi byudjyet tashkilotlarining byudjyetdan tashqari jamg‘armalari.
12. Muassisi respublika miqyosidagi davlat organlari hisoblangan davlat unitar korxonalarining operativ boshqaruv huquqi asosidagi
mol-mulki.
13. Davlat mulkini boshqarish sohasidagi mas'ul davlat boshqaruvi organiga berilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondlaridagi davlat ulushlari.
14. Respublika byudjyeti mablag‘lari yoki davlatning boshqa mablag‘lari hisobidan yaratilgan intellektual faoliyat natijalari.
15. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalari.
16. Davlat xalq ta'limi muassasalari.
17. Davlat o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv yurtlari.
18. Davlat sog‘liqni saqlash muassasalari.
19. Davlat oliy o‘quv yurtlari, tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlari Akademiyasining mol-mulki.
20. Sanitariya-epidemiologiya markazlari.
21. Sud-tibbiy ekspertizasi obektlari.
22. Jazoni ijro etish muassasalari va ularning korxonalari
23. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari.

Mavzuga oid