Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Bosforga muqobil kanal qurilishi 2019 yilda boshlanadi
Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida «Istanbul» kanalining qurilishi 2019 yil oxirigacha boshlanadi. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Mahmud Jaxit Turxon «Anadolu» agentligiga xabar qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyadagi eng yirik va keng ko‘lamli infratuzilma loyihalaridan biri bo‘lgan qurilish rejasini tayyorlash ishlari yakunlanmoqda.
Yangi suv yo‘li bo‘ylab 10ta ko‘prikni qurish rejalashtirilgan.
Istanbuldan g‘arbiy qismda joylashadigan yangi kanal Ko‘cho‘kchekmejye, Sazildera va Durusu tumanlari hududi orqali o‘tadi.
Taxminlarga ko‘ra, suv yo‘li kuniga 160ta kemani, shu jumladan, 300 ming tonnagacha hajmdagi tankerlarni ham o‘tkaza oladi.
Mavzuga oid
10:52 / 15.07.2026
Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishga 10 yil: mamlakatni o‘zgartirgan tun
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026