Jahon | 14:45 / 16.11.2018
5789
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarus uchun mutlaq energetik xavfsizlikni talab qildi

Foto: BeLTA

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning ma'lum qilishicha, mamlakatda 100 foizlik energetik mustaqillik va xavfsizlikka erishish zarur. Bu haqda «BelTA» xabar bermoqda.

«Hukumat mamlakatda yoqilg‘i-energetika muvozanati prognozini shakllantirishi kerak. Shuningdek, maqsad belgilandi - 100 foizlik energetik mustaqillik va xavfsizlik», - dedi Lukashenko.

Bundan tashqari, u mamlakat energetika tizimini milliy iqtisodiyotning eng murakkab va sezilarli tarmoqlaridan biri, deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko KXShT bosh kotibi lavozimiga nomzodlar haqida gapirgandi.

Mavzuga oid